Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi 23 yoshli fuqaro T.M. ariza bilan murojaat qilib, "noma'lum shaxs" tomonidan talon-toroj qilinganligini ma'lum qilgan. O'tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Xorazm viloyati, YAngiariq tumanida yashovchi 21 yoshli A.I. “Telegram” messenjeridagi "ijaraga xonadon" nomli kanalida fuqaro T.M.ning ishonchiga kirish orqali, ushbu xonadonni band qilib qo'yish uchun oldindan garov sifatida 200.000 so'm pul mablag'larini elektron shaklda o'zining bank plastik kartasiga o'tkazdirib olgan va uyali telefon qurilmasini o'chirib qo'yganligi aniqlandi.
Jinoyat sodir etgan A.I. O'zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Qonunga muvofiq, A.I. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar  uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.