SpaceX 22 ta Starlink sun'iy yo'ldoshini koinotga olib chiqdi

    Amerikaning SpaceX kompaniyasi 19-mart, seshanba kuni koinotga 22 ta Starlink internet sun'iy yo'ldoshini uchirdi. Bu haqda Space.com xabar bermoqda.

    Falcon 9 raketasi 22 ta Starlink sun'iy yo'ldoshi bilan Kaliforniyadagi uchirish maydonidan havoga ko'tarildi. Raketaning birinchi bosqichi uchirilgandan taxminan 8,5 daqiqa o'tib Yerga qaytdi. U Tinch okeanida uchuvchisiz kemaga vertikal ravishda qo'ndi.

    Sun'iy yo'ldoshlar rejalashtirilgan orbitaga uchirilgandan so'ng taxminan 62,5 daqiqadan so'ng joylashtirildi.

    Falcon 9 uchun bu yil boshidan buyon 26-parvoz bo'lib, ulardan 17 tasi Starlink internet sun'iy yo'ldoshlari tarmog'ini rivojlantirishga qaratilgan edi. Hozirda fazoda 5500 dan ortiq faol Starlink sun'iy yo'ldoshlari mavjud, deb xabar beradi korrespondent.net.