SpaceX IM-2 qurilmasini Oyga uchirdi

    IM-2 qurilmasi Oyning janubiy qutbida joylashgan Mons Mouton platosi tomon yo'l oladi.

    Amerikaning SpaceX kompaniyasi IM-2 missiyasi doirasida Oyga Intuitive Machines xususiy kompaniyasining Athena qo'nuvchi qurilmasini jo'natdi. Bu haqda Space News xabar bermoqda.

    Bortida Athena bo'lgan Falcon 9 raketasi Floridadagi kosmodromdan 27-fevralga o'tar kechasi uchirildi.

    Uskuna Oyning janubiy qutbida joylashgan Mons Muton platosi tomon yo'l oladi. U 6-mart kuni platoga qo'nishga urinishi kutilmoqda.

    Qayd etilishicha, IM-2 NASA uchun foydali yukni tashiydi. PRIME-1 uskunasi u yerda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan suv muzi yoki boshqa uchuvchi moddalar borligini aniqlash uchun bir metr chuqurlikka qadar burg'ulashni amalga oshirish imkoniyatiga ega, deb xabar beradi korrespondent.net.