OTV-8 deb nomlangan missiya Boeing X-37B loyihasi tarixidagi sakkizinchi missiya bo'ldi.
Raketa-tashuvchi koinot samolyoti bilan Jon Kennedi (Florida) koinot markazida joylashgan LC-39A maydonchasidan uchirildi. 8 daqiqa 40 soniyadan so'ng oltinchi marta qo'llanilgan raketaning birinchi bosqichi uchirish maydonchasi yaqinidagi maxsus maydonchaga qo'ndi va bir necha daqiqadan so'ng Boeing X-37B orbitaga chiqarildi.
OTV-8 missiyasining asosiy maqsadi ikkita istiqbolli texnologiyani sinovdan o'tkazishdir. Gap katta hajmdagi ma'lumotlarni uzatish imkonini beruvchi va radioaloqadan ko'ra xavfsizroq bo'lgan yangi lazer aloqa tizim xaqida bormoqda, deb xabar berdi azertag.az.