Qayd etilishicha, PACE fazoviy sun'iy yo'ldoshi okeandagi mikroskopik organizmlar va havodagi zarrachalarni o'rganadi. Keyinchalik SpaceX sun'iy yo'ldoshni o'zining rejalashtirilgan orbitasiga joylashtirishini tasdiqladi.
Kelgusi uch yil davomida PACE NASAning uzoq muddatli kuzatishlarini kengaytirib, Yer atmosferasi va okean yuzasi haqidagi ma'lumotlarni kuzatib boradi va to'playdi, deb xabar beradi korrespondent.net.
SpaceX ma'lumotlariga ko'ra, sun'iy yo'ldosh Falcon 9 raketasi yordamida uchirilgan.