“Spark” ostida qolgan ayolni odamlar chiqarib oldi

    Tashvishli xabar 27 Yanvar 2021 955

    Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida tezlikda kelayotgan “Neksiya” burilayotgan “Spark”ni urib yubordi» sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan IIB maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, 2021-yilning 21-yanvar kuni soat 11:30 lar atrofida Paxtachi tumani Ziyoviddin shaharchasi, Amir Temur koʻchasida harakatlanib kelayotgan, Navoiy viloyati Navoiy shahrida yashovchi, 1993-yilda tugʻilgan S.F. oʻzining “Spark” rusumli avtomashinasini yoʻlning oʻng tomon qismiga olib, orqa tomondan harakatlanib kelayotgan Paxtachi tumani Toshkoʻpir MFYda yashovchi, 1994-yilda tugʻilgan X.O. boshqaruvidagi “Neksiya-3” rususmli avtomashinani oʻtkazib yubormasdan chap tomonga keskin burilishi oqibatida toʻqnashuv sodir boʻlgan.

    Toʻqnashuv natijasida yoʻl chetida turgan piyoda tan jarohati olib, Paxtachi tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

    Ayni vaqtda holat boʻyicha toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Paxtachi tuman sudiga yuborilgan.