Tadbirda markaz direktori O.Roʻziyev, Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Ahmad Shafiq Urfoni, Moliya vazirligi hisoblar boʻlimi direktori Muhibullo Saxizoda, Transport qoʻmitasi boshligʻi oʻrinbosari Lutfullo Amini, Afgʻonistonning Termiz shahridagi Bosh konsulining 1-kotibi Bismillo Mangal va boshqalar soʻz olib, bitiruvchilarni muborakbod etishdi. Qolaversa, ularni ish bilan ta'minlash masalasiga alohida toʻxtalib oʻtishdi.

4 yil davomida markazda “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yoʻnalishida tahsil olgan afgʻonistonlik talabalar endi oʻz yurtlarida ushbu sohada ishash imkoniyati ega bo'lishdi. Har tomonlama malakali kadrlarni tayyorlash uchun mashgʻulot va dars jarayonlariga Toshkent davlat transport universitetining malakali professor-oʻqituvchilari ham jalb etildi. Shuningdek, talabalar 1 oy davomida tanishuv amaliyotini oʻtab, yakuniy davlat imtihonlarini yaxshi va aʼlo baholarga topshirdilar.

Ma'lumot oʻrnida aytish mumkin, bugungi kunda 111 nafar afgʻonistonlik talabalar temir yoʻl hamda oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishlarida tahsil olmoqda.