Tajribali mutaxassislar ijodiy safar davomida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining “Momo yer”, Surxondaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatrining “Delfinlar attraksioni” spektakllarini muhokama qilishdi.
Badiiy Kengash aʼzolari shuningdek ijodiy safar bilan Qashqadaryo viloyatida ham boʻlishdi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining Sohibqiron Amir Temur faoliyatiga bagʻishlangan “Oqsaroy” hamda Qashqadaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatrining “Hukmdor” spektakllari mutaxassislar muhokamasiga taqdim etildi.
Badiiy Kengash aʼzolari spektakllar saviyasini oshirish, aktyorlik mahorati va rejissyorlik topilmalarini takomillashtirish yuzasidan ijodiy jamoalarga qator tavsiyalar berishdi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.