Riga shahrida joylashgan mazkur akademiya mamlakatda eng ilgʻor sport taʼlimi muassasasi hisoblanadi. Akademiyada koʻplab chempionlar tarbiyalangan.

Oʻzbekistonlik mehmonlarni akademiya rektori Juris Grants, ilmiy ishlarni rivojlantirish boʻyicha prorektor Janis Zidens hamda oʻquv faoliyati prorektori Andra Fernate kutib oldi.

Ular ishtirokida boʻlib oʻtgan uchrashuvda oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, ilmiy tadqiqot faoliyatini hamkorlikda tashkil etish, professor-oʻqituvchilar malaka oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi hamda ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Mehmonlar Latviya sport taʼlimi akademiyasida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, akademiyaning imkoniyatlari, moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishdi, dars jarayonlarining guvohi boʻldi.