Mazkur musobaqada Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi, kurash boʻyicha ayollar terma jamoasi aʼzosi, Navoiy viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi sportchisi Shahnoza Bozorova +70 kg vazn toifasida 1-oʻrinni egallab, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot uchun: Shahnoza Bozorova shu yilning noyabr oyida Xorazm viloyati Urganch shahrida boʻlib oʻtgan Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlangan Prezident sovrini uchun Markaziy Osiyo xalqaro turnirida ham 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, 2 ming AQSH dollari bilan taqdirlangan edi.

17-19-dekabr kunlari Navoiy shahrida 18 yoshlilar va undan kattalar oʻrtasida sportning aralash jang sanʼatlari turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.

Navoiy davlat pedagogika instituti 1-kurs talabasi Dilnavoz Karimova  47,6 kg vazn toifasida tatamiga chiqib, 1-oʻrinni egalladi va jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Shuningdek, institutning 2-kurs talabasi Mohinur Jamilova 56 kg vazn toifasida 3-oʻrinni egalladi.