Qizgʻin va bahslarga boy oʻtgan musobaqada, gʻoliblar toʻplangan ochkolar yigʻindisi natijasiga koʻra aniqlandi. Umumjamoa hisobida murabbiy Ulugʻbek Qoʻchqorovning 6 bu-20 guruh jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib, faxrli birinchi oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrinni 8 du- 20 jamoasi qoʻlga kiritgan boʻlsa, uchinchi oʻrin 21 au-20 guruh talabalariga nasib etdi.
Musobaqada oʻrin olgan gʻolib jamoalarga institutning yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori Maʼrufjon Qayumov, ilmiy ishlar boʻyicha prorektori Oybek Ergashev tomonidan qimmatbaho sovgʻalar va diplom topshirildi.