Ta’kidlanishicha, shu kunga qadar sportchining biologik pasportini aniqlash uchun 13 ta qon tahlillari olingan bo‘lib, doping sinamalar maxsus laboratoriyalarga tekshirish uchun yuborildi.
Antidoping ma’muriyatchiligi va menejmenti, ya’ni ADAMS tizimiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritmagan 33 nafar sportchiga ogohlantirish berdi va 5 ta sportchiga sportdan chetlatish jazo chorasi qo‘llanildi.
Antidoping qoidabuzarligi jazo muddati tugagan 2 nafar sportchi professional sportga qaytdi.
Shuningdek, sportchilarga doping va uning profilaktikasi bo‘yicha kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida “Antidoping ta’limoti” dasturi hamda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalari tarkibida taqiqlangan moddalar mavjudligini tekshirish uchun mo‘ljallangan “Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platforma”si Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan hamkorlikda ishga tushirilmoqda.