Mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostidagi festival doirasida Samarqand viloyatining Samarqand, Kattaqoʻrgʻon shaharlari hamda Oqdaryo tumanida voleybol boʻyicha sport musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Musobaqaga umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilari hamda aholi vakillari, mahalla faollari qamrab olindi. Ushbu ommaviy sport tadbirlari viloyatdagi tuman (shahar)lardagi barcha aholi oʻrtasida uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda.
“Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostidagi ommaviy sport festivali doirasida Samarqand viloyatida fevral oyi “Voleybol oyligi” deb eʼlon qilingan va ushbu oylik doirasida viloyatning barcha tuman(shahar)larida voleybol musobaqalari oʻtkazilish belgilangan.