"Sputnik Ⅴ” vaksinasini olgan bemor keyingi bosqichlarda AQSH vaksinasini olishi mumkinmi?

    Salomatlik 26 Aprel 2021 525

    Sevara Ubaydullayeva, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi:

    — Yoʻq, mumkin emas. Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanayotganlar qaysi vaksinada emlanishni boshlagan boʻlsalar shu vaksina bilan barcha bosqichlarida emlanishlari kerak.

    Bir vaksinani boshlagandan keyin boshqa vaksina bilan emlansa, boshqa vaksina bilan emlanganini birinchi dozasi deb baholanib, shu vaksinani oxirigacha olib borish kerak. Bunda, birlamchi olingan Sputnik vaksinasi toʻliq olinmagan boʻlib, u samarasiz emlash deb baholaniladi.