Nashr maʼlumotiga koʻra, Rossiyada gripp va koronavirusga qarshi bitta vaksina uchun texnologik platforma yaratilgan.
Aleksandr Ginsburg vaksinada xotira hujayralari hosil boʻlishini aytdi, bu esa antitanachalarning eng yuqori darajada saqlanishini taʼminlaydi. Immunitet darajasining oshishi esa, har olti oyda bir marta emas, balki uzoqroq muddatda qayta emlanish mumkinligiga olib keladi, — tushuntirdi olim.
Yaratilayotgan dori texnologik platformasi asosida rotavirusga qarshi gibrid vaksina yotadi, unga parallel ravishda koronavirusning turli xil variantlariga qarshi dori ishlab chiqarilmoqda.
«Buning uchun texnologik platforma allaqachon yaratilgan, ammo klinik sinovlar hali boshlanmagan. Agar bu platformada hammasi yaxshi boʻlsa, bu texnologiya ishlashda davom etadi, keyin biz yanada murakkab variantga oʻtamiz — bitta emlashda bir vaqtning oʻzida gripp gemaglutinin antigenlari va shunga mos ravishda koronavirus S-oqsillari birlashtiriladi. Yangi preparatning klinik sinovlari kelasi yilning oxirida boshlanadi», — deydi ekspert.
Gamaleya markazining bosh tadqiqotchisi Viktor Zuyevning taʼkidlashicha, gripp va koronavirusni bir vaqtda yuqtirish mumkinligi, mavsumiy grippning ogʻir oʻtishi va undan oʻlim holatining sezilarli darajada oshishi ikkala kasallikka qarshi yagona vaksina yaratish zaruratini yuzaga keltirdi. Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, immunitet shakllanishi uchun faqat grippga yoki faqat koronavirusga qarshi emlash yetarli emas, chunki bu ikki xil virus.
“Ikki kasallikni bir-biri bilan aralashtirmang. Gripp gripp, koronavirus infeksiyasining bunga hech qanday aloqasi yoʻq. Gap shundaki, kasalliklarning belgisi oʻxshash — nafas olish tizimida muammo paydo boʻladi. Lekin bu kasalliklar bir-biridan juda farq qiladi. Koronavirus infeksiyasi «kutilmagan hodisalar”ga olib keladi, ayniqsa yoshlarning markaziy asab tizimiga taʼsir qilishi bilan xavflidir», — deya taʼkidlab oʻtdi olim.