Boʻlim mudiri R.R. tibbiyot xodimi nomiga noloyiq xatti-harakatlarni sodir etib, boʻlimda muolaja olgan ikkinchi guruh nogironi G.I.ning onasi T.L.ga farzandining davolanganligi boʻyicha kasallik varaqasi(koʻchirma)ni bir yarim oy davomida bermasdan kelgani, shuningdek, uni jinsiy aloqa qilishga majburlagani haqida aytilgan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi kasb va toifa tanlamaydigan axloqsizliklar tibbiyot xodimlari orasida ham kuzatilishini oq xalatga tushgan dogʻ deb hisoblaydi. Shu bilan birga, bu kabi illatlarga nisbatan murosasiz munosabatda boʻladi.
Qolaversa, tibbiyot xodimlarining qadr-qimmati va insonlik shaʼni oyoqosti qilinishiga qarshi turadi. Shu sababdan ham bunday holatlarda hodisaning asl mohiyati aniqlashtirilgach, yakuniy xulosaga kelish maqsadga muvofiq.
Ayni paytda voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Shu bilan birga, jamoada odob-axloq qoidalarini nazorat qilishda sustkashlikka yoʻl qoʻyganligi va qoʻl ostidagi xodimlari ustidan yetarli nazorat oʻrnatmagani uchun markaz direktori Sh.Xudayberdiyev egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Oʻz navbatida, vazirlikning Komplayens, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatiga tegishli tartibda tekshiruv oʻtkazish boʻyicha topshiriq berildi.
Shu oʻrinda yurtdoshlarimiz va tibbiyot xodimlaridan tizimdagi noqonuniy xatti-harakatlarga duch kelishsa, darhol vazirlikning mazkur boshqarmasiga qarashli 71-241-10-65 telefon raqamiga murojaat qilishlarini soʻraymiz.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.