SHu bilan bir qatorda ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan turli xil tavsiyalar xalqimizni chalg'ishiga sabab bo'lmoqda.

COVID-19 bilan og'riganlar va uni engil kechirayotganlar uchun qilinishi kerak bo'lgan ishlar, ichiladigan dorilar bo'yicha rasmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Lekin har bir shaxs alohida individ ekanligini unutmasligimiz lozim. Dorilarni ko'r-ko'rona, o'zi bilganicha ichish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi.

Odamlar o'zlaridan kechayotgan holatlarni — bu COVID-19 alomatlarimi, pnevmoniyaning boshlanishimi, ORVI yoki boshqa kasallik alomatimi — ajratib olishi qiyin kechyapti.Buning natijasida esa bilar-bilmasdan mahalliy dorivor o'simliklardan damlamalar va dori vositalari qabul qilinyapti. Masalan, «Xren o'simligi yaxshi ekan», «Zanjabil bilan odamlar tuzalibdi» qabilidagi gaplar ko'paytgan bo'lib, ushbu tavsiyalar natijasi salbiy oqibatlar yuzaga kelyapti. Xren o'simligini davo deb hisoblagan fuqaro ushbu damlamani ko'p ichgani tufayli unda oshqozon yarasi kasalligi qo'zg'alib, qon ketish kuzatilgan. SHuning uchun biron nima qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashib, keyin qabul qilishni boshlaganligimiz maqbuldir. CHunki xar bir mahsulot — xoh u dori vositasi bo'lsin, xoh oziq-ovqat turi bo'lsin, uning o'ziga yarasha qo'llaniladigan va qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar mavjud.

SHuni ta'kidlash joizki, inson organizmidagi mikroelementlar, vitaminlar etishmovchiligi qandaydir kasallik keltirib chiqarsa, ularning me'yoridan ortib ketishi ham o'z navbatida organizm uchun zarar hisoblanadi.

Bemorlar holatini kuzatishni engillashtirish, ular bilan aloqani osonlashtirish va fuqarolarimiz o'zlari uchun to'g'ri tavsiyalarni olishlari uchun al`ternativ usullarni qo'llash imkoniyatidan foydalansa bo'ladi. Masalan, telefon orqali so'rab surishtirish, telegram, mesenjer va video konferents aloqa vositlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Dono xalqimiz aytganidek: «Qosh qo'yaman deb, ko'z chiqarib qo'ymang». Har bir noto'g'ri tashxis va uning natijasida noto'g'ri dorilar qabul qilishning oqibati yaxshilikka olib kelmaydi.

YOqutxon Majidova

“Tibbiyot fanlari” bo'yicha Ilmiy-texnik kengash a'zosi,

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

“Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi va tibbiyot genetikasi” kafedrasi mudiri,

O'zbekiston Respublikasi SSV bosh nevrologi, t.f.d., professor