Korrupsiyaviy holatlar boʻyicha aniq fakt va dalillaringiz bormi? Marhamat vazirga telefon qiling!

    Endilikda sogʻliqni saqlash vazirining shaxsiy telefon raqami (+998-91 403-17-73) orqali ham sohadagi korrupsiyaviy holatlar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi.

    Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tomonidan 2023-yil tizimda “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” deb eʼlon qilingandi.

    Endilikda vazir shaxsiy telefon raqami +998-91 403-17-73 orqali ham sohadagi korrupsiyaviy holatlar yuzasidan aniq fakt va dalillarga asoslangan murojaatlar qabul qiladi.

    Bu haqda vazirlik axborot xizmati maʼlum qildi.

    Bundan tashqari, fuqarolar oʻz murojaatlarini vazirlik qoshida kunu tun faoliyat olib boruvchi “1003” qisqa raqamli “Sall-markaz”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari qoshida muntazam faoliyat yurituvchi “1103” qisqa raqamli “Sall-markaz”lar, vazirlikning yangi ishga tushirilgan rasmiy telegram-boti (https://t.me/murojat_ssv_bot) orqali ham yoʻllashi mumkin.

    Shu bilan birga bu borada barcha tuman tibbiyot muassasalarining fuqarolar gavjum boʻladigan joylariga oʻrnatilgan va tibbiyot maskani rahbari bilan bogʻlanish imkonini beruvchi “toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa” liniyalari, vazirlik rasmiy veb-saytida aholidan kelib tushayotgan savollarga tezkor javob berishga moʻljallangan “Jivo” ilovasiga ham joriy etilgan.

    Eslatib oʻtamiz: Sogʻliqni saqlash vazirligi har qanday korrupsion holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda boʻladi va fuqarolarning hech bir murojaati eʼtibordan chetda qolmaydi.