Bunday bemorlar 22 turdagi virusga qarshi dorilar bilan bepul ta’minlanadi.
Hududiy OITS markazi va tumanlararo laboratoriyalarni ta’mirlash, ularni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlashga mas’ullar biriktirildi.
Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini xodimlarini OIV infeksiyasi bo‘yicha malakasini oshirish, aholi o‘rtasida kasallik va uning oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini kuchaytirish muhimligi qayd etildi.
Yakunda ftiziatriya, pulmonologiya va OITS yo‘nalishlarida dasturiy qarorlar loyihalarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.