Shuningdek, joriy yil tibbiyot muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashga 50 milliard soʼm, dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash maqsadida 1,7 trillion soʼm mablagʼ ajratilgani aholiga koʼrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilgan. 

"Eng muhimi, ajratilayotgan har bir mablagʼ sohada yechilmay kelayotgan muhim masalalarni hal etishga yoʼnaltirilganini hisobga olsak, bu raqamlar ortida qanchadan-qancha ijobiy oʼzgarishlar turganini tasavvur qilish qiyin emas", deya taʼkidlanadi Sogʼliqni saqlash vazirligi xabarida.