Klub rasmiy saytida shunday xabar eʼlon qilindi:
“Sizga shuni mamnuniyat bilan maʼlum qilamizki, klub Ramazon oyi munosabati bilan 26-mart kuni oʻz stadioni “Stemford Brij”da iftorlik tashkil qiladi. Iftorlikda mahalliy musulmon jamoatini intizorlik bilan kutib qolamiz”.
Klub xabarida jamoaning islom diniga eʼtiqod qiluvchi aʼzolaridan Kalidu Kulibali va Vesle Fofana barcha roʻzadorlarni iftorlikka taklif qilgan.