Star Med klinikasining litsenziyasi bekor qilindi

    Voqea-hodisalar 3 Iyun 2023 1288

    Oliy sud matbuot xizmati Aziz Obidov vayner Farhod Mannopovning oʻlimiga sabab boʻlgan Star Med klinikasining litsenziyasi bekor qilinganini maʼlum qildi.

    Sogʻliqni saqlash vazirligi “Omad plyus” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan 2023-yil 28-aprel kuni Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza bilan murojaat qilib, unda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan “Omad plyus”masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun 2021-yil 16-fevral kuni berilgan 27390032-raqamli litsenziyani bekor qilishni soʻragan.

    Qayd etilishicha, marhum F. Mannopovga tibbiy xizmat koʻrsatishda bir qator litsenziya talab va shartlari buzilganligini asoslovchi hujjatlar sudga taqdim etilgan.

    Shunga asosan kecha, 2-iyul kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudida SSV tomonidan StarMed klinikasining litsenziyasini bekor qilish boʻyicha berilgan ariza yuzasidan sud majlisi boʻlib oʻtdi. Sudning hal qiluv qaroriga, SSV arizasi qanoatlantirilib, “Omad plyus” MCHJga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan 2021-yil 16-fevraldagi 27390032-raqamli litsenziya bekor qilingan.