Starship koinotga birinchi parvozini amalga oshirdi

    Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Texasdagi Boka-Chikadan Starship fazoviy kemasi bilan o'ta og'ir 120 metrli Super Heavy raketasini birinchi sinovini muvaffaqiyat o'tkazdi.

    Bu haqda kompaniya Twitter (X) da ma'lum qildi.

    Raketaning uchirilishi AQShning sharqiy sohillari vaqti bilan 09:25 da amalga oshirildi. Starship birinchi marta orbitaga chiqarildi. Yer atrofida bir marta aylangandan so'ng, u Hind okeaniga tushishi kerak edi. Ammo bu muvaffaqiyatli amalga oshdimi yoki yo'qmi, hozircha ma'lumot yo'q.

    2023-yilda Starshipni ishga tushirish bo'yicha avvalgi ikkita urinish muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi. Biroq olingan ma'lumotlar SpaceXga uchinchi parvoz vaqtida xatoliklardan qochishga yordam berdi, deb xabar beradi korrespondent.net.