Starship uchirilganidan taxminan o'n daqiqa o'tib portladi, deb xabar beradi BBC. SpaceX kompaniyasining ta'kidlashicha, ko'tarilish paytida kemada “rejadan tashqari tezkor demontaj” sodir bo'lgan.
Starship prototipi ko'tarilganidan taxminan o'n daqiqa o'tib sakkizinchi sinov uchirilishi chog'ida portladi, deya xabar beradi BBC.
Unga ko'ra, hodisa taxminan 150 kilometr balandlikda sodir bo'lgan: Super Heavy raketasidan ajralganidan so'ng kema aylana boshlagan va u bilan aloqa uzilib qolgan. Raketa-tashuvchi Texasdagi Starbase uchish maydoniga xavfsiz tarzda qo'ndi.
Ilon Maskning Starship kosmik kompaniyasi vakili kema bilan aloqa “o'tgan safargidek” uzilganini tasdiqladi. Keyinchalik ular balandlikka ko'tarilayotganda kemada “rejadan tashqari tezkor demontaj” sodir bo'lganiga aniqlik kiritishdi va hodisa sabablarini o'rganishga va'da berishdi.
SpaceX balandligi 121 metr va og'irligi 5 ming tonna bo'lgan ikki qismli raketa bo'lib, u quyi Yer orbitasiga 150 tonnagacha foydali yukni olib chiqishi mumkin. Birinchi qism – bu kemaning o'zi, ikkinchisi – Super Heavy tezlashtirgich. Kelajakda raketadan Oy va Marsga boshqariladigan parvozlar uchun foydalanish rejalashtirilgan.
Oldingi safar Starship 17-yanvar kuni yettinchi sinovdan o'tkazilganda portlagan edi. O'shanda sakkiz yarim daqiqa o'tgach kema bilan aloqa yo'qoldi. Mask halokatga kislorod yoki yonilg'i sizib chiqishi sabab bo'lganini aytgandi, deb xabar beradi rbc.ru.









