Startap global isishni sekinlashtirish uchun Quyoshni “to'sib qo'yish”ni taklif qilmoqda

    Mazkur loyihaga ko'ra quyoshni to'sib, sayyoramiz haroratini boshqarish tizimini “o'chirish” texnologiyasi taklif qilingan. Biroq hamma ekspertlar ham bu g'oyani xavfsiz deb hisoblamaydi.

    Amerikaning “Politico” axborot portali xabar berishicha, 25 nafar kishidan iborat Amerika-Isroil startapi global isishni sekinlashtirish uchun Quyoshdan “to'sish” imkoniyatini beradigan texnologiya ustida ishlamoqda. Stardust Solutions kompaniyasi issiqlikni qaytaruvchi maxsus zarracha yaratdi. Startap shuningdek, o'sha moddani atmosfera yuqorisiga tonnalab sochish imkonini beradigan texnologiya ustida ishlayapti. Kompaniya shu tarzda quyosh nurini pasaytirish va global isishni orqaga qaytarmoqchi.

    Startap 2024-yil BMTning iqlim bo'yicha yuqori martabali sobiq amaldori Yanosh Pastorga murojaat qildi. Stardust Solutions bosh direktori Yanai Edvab istagiga ko'ra Pastor bu ishga ko'mak berishi kerak bo'lgandi.

    Pastor esa startap faoliyati ko'lamidan hayratga tushdi. U bu bilan biror bir kompaniya shug'ullanadi deb kutgandi, biroq yaxshi moliyalashtiradigan jamoa paydo bo'lishi oldinga kutilmagan qadam tashlashga sabab bo'ldi. Ochig'i, bunday texnologiyalar ilmiy maqolalarda, shunchaki bahslarda va ilmiy-fantastik kitoblarda bo'lardi.

    Edvab ilgari Atom energiyasi bo'yicha Isroil komissiyasida etakchi olim o'rinbosari lavozimida ishlagan yadro fizigi bo'lib chiqdi. U borada qanday qilib rasmiy ishonch uyg'ota olish uchun Pastorning maslahati kerak ekanligini bayon qilgandi.

    Bunday taklifni eshitgan Pastor ikkilanib qoldi. Olimlar agar atmosfera maxsus zarra-chang bilan qoplansa global isishni vaqtinchalik to'xtatish mumkin deb taxmin qilib kelardi. Ammo sanoqli tadqiqotchilargina bu fikrni qo'llab-quvvatlagan. Hech kim bu g'oya qanchalik xatarli yoki xavfsiz ekanligini, ob-havo tizimini buzib yuborishi mumkinligi, oziq-ovqat zanjirini uzilishiga sabab bo'lishi va dunyo siyosatiga nechog'lik ta'sir ko'rsatishi mumkinligini ayta olmadi. Olimlar fikriga ko'ra, bu texnologiya oqilona chorami yoki aksincha ekanligini anglash uchun bir necha yil talab qilanadi.

    Startap g'oyasi hozirda barqaror bo'lmagan dunyoda sayyora haroratini boshqarish uchun tegishli vosita taklif etish g'oyasi Pastorga xavotirli tuyulgan. Ayni paytda u bunday texnologiyani qo'llashni boshqaruvchi biror bir xalqaro qonunlar yo'qligiga alohida e'tibor qaratdi. Biroq ekspert bu variant yagona bo'lishi mumkinligini rad etolmadi. Issiqxona gazlari tashlanmasi o'sishda davom etmoqda. Iqlim o'zgarishi qurg'oqchilikka, o'rmon yong'inlariga, rekord darajadagi suv toshqinlariga olib kelmoqda.

    Xullas Pastor komandaga maslahatchi sifatida qo'shilishga qaror qildi. U kompaniya ishi nisbatan oshkora bo'lishiga va jamoatchilik tomonidan nazorat qilish mumkinligiga umid qilmoqda, deb xabar berdi naked-science.ru.