Startap loyihalarining monitoringi joyiga chiqqan holda o‘tkazilmoqda

    Shu kunlarda Innovasion rivojlanish vazirligi mas’ullaridan tashkil topgan Ishchi guruh tomonidan Vazirlik tomonidan moliyalashtirilgan Toshkent viloyatidagi startap loyihalari o‘rganilmoqda.

    Bunda startap loyihalarining bajarilish holati, belgilangan kalendar-grafikka amal qilinayotganligi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanayotgani monitoring qilinmoqda.

    Xususan, Toshkent viloyati Ohangaron tumani innovasion hududidagi mahallalarda maqsadli daftarlardagi xonadonlarda kichik quyonchilik fermalarini tashkil etish, innovasion telemedisina klinikasi hamda kuzgi yumshoq bug‘doy navlari birlamchi urug‘chilik tizimini takomillashtirish kabi startap loyihalari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

    Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf qilish bo‘yicha tushuntirib o‘tildi.

    Monitoring ishlari respublikamizning boshqa hududlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.