Bu haqda TASS agentligiga Predgorniy munitsipal okrugi rahbari Nikolay Bondarenko ma'lum qildi.
“Bugun Moskva vaqti bilan soat 13:45 da Mirniy qishlog'i tashqarisida motorli deltaplan halokatga uchragani haqida ma'lumot kelib tushdi. Ikki kishi halok bo'ldi”, dedi Bondarenko.
Unga ko'ra, halok bo'lganlar Lermontov va Stavropol aholisidir. Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda.
Favqulodda xizmatlar ma'lumotni tasdiqladi, deb xabar beradi tass.ru.