Shvetsiya poytaxtiga 2025-yildan benzin va dizelda yuradigan avtomobillar kirishi taqiqlanishi ma'lum qilindi. Shahar rasmiylari bu qarorni havo sifatini yaxshilash va transport shovqinini kamaytirish maqsadida qabul qildi, deb yozmoqda xorij manbasiga tayanib Gazeta.uz.
Shvetsiyaning Stokgolm shahri rahbariyati havo sifatini yaxshilash va shovqinni kamaytirish maqsadida shahar markazida benzin va dizel yonilg'isi bilan ishlaydigan avtomobillar harakatini taqiqlash rejalarini e'lon qildi. 2025-yildan boshlab poytaxtning asosiy moliya va savdo markazlari joylashgan 20 blokli hududida faqat elektr transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat beriladi.
— Bugungi kunda Stokgol`mdagi havo yomonlashishi chaqaloqlarda o'pka kasalliklariga, qariyalarda esa bevaqt o'limga sabab bo'lmoqda. Bu mutlaqo qabul qilib bo'lmaydigan holat, — dedi Stokgolm merining transport bo'yicha o'rinbosari Lars Stromgren.
Ekologik zonada istisnolar gibrid dvigatelli yirik furgonlar, rasmiy funktsiyalarni bajaradigan transport vositalari (masalan, tez tibbiy yordam mashinalari), shuningdek, egalari nogironligi haqida hujjatlashtirilgan transport vositalariga nisbatan qo'llanadi.
Yevropaning bir qator boshqa shaharlarida ham havo ifloslanishiga qarshi kurash choralari ko'rildi, biroq SHvetsiya poytaxti bu borada “oldinda ketmoqda”, deb yozadi nashr. Parij, Afina va Madridda dizelli avtomobillar taqiqlangan, Londonda esa ultra past emissiya zonasi (ULEZ) mavjud bo'lib, u erga kirish uchun yuqori radiatsiya chiqaradigan avtomobil egalari pul to'laydi.