Stol tennischilarimiz jahon chempionatiga yoʻl oldi

    30-sentyabr – 9-oktyabr kunlari Xitoyning Chendu shahrida stol tennisi boʻyicha jamoaviy jahon chempionati boʻlib oʻtadi.

    Unda ham erkaklar, ham ayollar oʻrtasidagi bahslarda ishtirok etadigan atletlarimiz Chin oʻlkasiga yoʻl oldi.

    Reglamentga koʻra, jamoalar dastlab guruh, soʻng pley-off bosqichida ishtirok etadi. Bu borada hamyurtlarimizning raqiblari 28-sentyabr kuni oʻtadigan qurʼadan soʻng maʼlum boʻladi.

    Jamoamiz musobaqaga quyidagi tarkibda yoʻl oldi:

    Erkaklar:

    Abdulaziz Anorboyev, Shohruh Iskandarov, Elmurod Xoliqov, Zohid Kenjayev.

    Ayollar:

    Asel Erkebayeva, Rozalina Xodjayeva, Soʻgʻdiyona Madaliyeva, Marhabo Magdiyeva.