2021-yil 15-yanvarda boʻlib oʻtgan onlayn uchrashuvda Milliy palata raisi Rovshan Izamov Dalhousie University universitetining stomatologiya fakulteti dekani Bendjamin Devis bilan muzokara olib bordi. 

1818-yilda asos solingan Dalhousie University bugun 13ta fakultetda 180dan ziyod oʻquv dasturlariga ega, jumladan stomatologiya fakultetida ham. Universitet ilmiy-tadqiqot segmentida davlat miqyosida peshqadamlik qilayotgan Kanada OTMlarinig U15 guruhiga kiradi. Dalhousie Universityning umum tan olingan yutuqlari tibbiyot bilan, stomatologiya bilan, shuningdek IT-menejmenti bilan, okeanologiya bilan, genli injeneriya va boshqa yoʻnalishlar bilan bogʻlangan.

Hamkorlikdan koʻzda tutilgan asosiy maqsad taʼlim sohasidagi hamkorlik va Oʻzbekiston stomatologlarining malakasini oshirishdan iborat.

Tomonlar ushbu yoʻnalishdagi hamkorlikning turli imkoniyatlarini, jumladan talabalar, ordinatorlar va amaliyotchi shifokorlar uchun teletibbiyot vositasida leksiyalar va master-klasslar, oflayn va onlayn formatda taʼlim konferensiyalari tashkil etish masalalarini muhokama etdilar. Jumladan Oʻzbekistonda eng rivojlangan tibbiyot oliygohlaridan biri Toshkent stomatologiya instituti (TDSI)ga xalqaro akkreditatsiyani joriy etish, shifokorlar malakasini oshirish boʻyicha kurslar tashkil etish shartlari borasida soʻz yuritildi. Taʼkidlash joizki, 2020-yil soʻngida Ispaniyada mazkur OTMning filiali ochildi.

Tomonlar vaziyatning COVID-19 bilan bogʻliq bugungi holatini inobatga olgan holda 3-6 oylik onlayn kurslarni yoki sertifikat berish sharti bilan stomatologiya sohasida yosh mutaxassislar uchun taʼlim videokonferensiyalari seriyalari ishlab chiqish haqida kelishuvga erishdilar, deb xabar beradi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati