Musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Qayd etish lozimki, Rossiya, Qozogʻiston va Ukraina kabi terma jamoalar ikkita tarkib bilan ishtirok etgan musobaqada bunday natijani qayd etish, boks hamjamiyati orasida shov-shuvga sabab boʻldi.
Bugun musobaqada ishtirok etgan charm qoʻlqop ustalarimiz yurtimizga qaytib kelishdi.
Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Kutib olish marosimida Sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Shahrillo Mahmudov, Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Oʻzbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari, muxlislar va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Eslatib oʻtamiz, terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor boʻlishdi:
Oltin:
-51 kg: Hasanboy Doʻsmatov
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov
-80 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Madiyar Saidrahimov
+92 kg: Lazizbek Mullojonov
Bronza:
-52 kg: Tursunoy Rahimova