Abu-Dabi shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari Prezidentlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida quyidagi hujjatlar imzolandi:

  • Strategik sheriklik oʻrnatish toʻgʻrisida deklaratsiya;
  • Investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;
  • Moliyaviy-texnik hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;
  • Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
  • investitsiyalar, sanoat va ilgʻor texnologiyalar, adliya, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, foydali qazilmalar sohalarida hamkorlik qilish toʻgʻrisida idoralararo bitimlar;
  • Madaniyat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma, Diplomatik akademiyalar oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim va boshqalar.