Qayd etilishicha, qurilma tananing holatini har kuni kuzatib borish uchun qulay vositaga aylanishi mumkin.
Oddiy tozalash paytida ip soʻlakni toʻplaydi va uni tutqichdagi mikrochipga yoʻnaltiradi. Molekulyar bosib chiqarish texnologiyasi yordamida yaratilgan sensor 10 daqiqa ichida kortizol konsentratsiyasini aniqlaydi va maʼlumotlarni smartfonga uzatadi.
«Bizning qurilmamiz birdaniga bir nechta muammolarni hal qiladi: u foydalanishda koʻrinmas, maxsus protseduralarni talab qilmaydi va obyektiv maʼlumotlarni taqdim etadi«, deb tushuntirdi tadqiqot rahbari Samir Sonkusale.
Sinov shuni koʻrsatdiki, ixtironing aniqligi ELISA laboratoriya tahlili bilan solishtirish mumkin. Qurilma kortizolning kichik tebranishlarini ham aniqlay oladi, bu surunkali stressni erta tashxislash uchun muhim, sababi, u jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Ishlab chiquvchilar soʻlakdagi boshqa biomarkerlarni aniqlash uchun texnologiyani moslashtirishni rejalashtirmoqdalar. Kelajakda bu kundalik gigiyena vositalariga birlashtirilgan bir qator uy diagnostikasi vositalarini yaratishga olib kelishi mumkin.