Yaponiyada stress holatining inson organizmiga keltiruvchi salbiy oqibatlari oʼrganildi.
Tadqiqotda aniqlanishicha, uzoq davom etgan stress koʼz nurining pasayishiga sabab boʼlar ekan. Chunki stress paytida organizmda koʼp miqdorda kortizol gormoni ishlab chiqariladi. Bu gormon esa koʼz faoliyati uchun jiddiy xavf tugʼdiradi, koʼzda qon aylanishini izdan chiqaradi. Bundan tashqari, koʼrish qobiliyatining pasaytirishi bilan birga glaukoma, retinopatiya, neyropatiya kabi koʼz kasalliklariga sabab boʼlishi ham mumkin.