Stressni yengishda qanday choy ichish kerak?

    Moychechak uyqusizlikka yordam beradi va asab tizimini tinchlantiradi. Valerian va yalpiz bir zumda stressni engillashtiradi.

    Kundalik stressni boshdan kechirganda aksariyat insonlar tinchlantiruvchi dorilar isteʼmol qilishadi. Bu borada tabiiy davolash usullari ham bor ekanini koʻpchiligimiz bilmaymiz. Masalan, turli xil tinchlantiruvchi choylar ham stressni yengishda yordam berar ekan.

    Tinchlantiruvchi choylar odatda oʻtlardan tayyorlanadi. Ularning eng mashhurlari – yalpiz, moychechak, valerian, pustirnik, limonoʻt va joʻka. Ushbu oʻtlardan organizmni tinchlantiruvchi choy tayyorlash mumkin.

    Moychechak uyqusizlikka yordam beradi va asab tizimini tinchlantiradi. Valerian va yalpiz bir zumda stressni yengillashtiradi. Pustirnik depressiya va asabiy qoʻzgʻaluvchanlikda ham qoʻllaniladi.

    Darvoqe, choylar tinchlantirishdan tashqari, toksinlar bilan kurashadi. Choylar samarali tozalash vositalari sifatida tanilgan va bu maqsadda asrlar davomida foydalanib kelinmoqda.