Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Shofirkon tuman irrigatsiya boʻlimi mutaxassisi F.S. “M.Sh.” fermer xoʻjaligi rahbari M.E.ga tanishlari yordamida tomchilab sugʻorish yoʻnalishida 80 mln soʻm subsidiya ajratib berish evaziga 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.