Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga ajratilgan subsidiyani ushbu hududdagi aholi belgilangan taqsimot doirasida tuman yoki shahardan olishi mumkin.
Toshkent shahrida doimiy roʻyxatga olingan fuqaro subsidiya dasturi doirasida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli. Bu jarayonda ipoteka krediti Toshkent viloyati uchun belgilangan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori doirasida ajratiladi hamda boshlangʻich badal boʻyicha subsidiya toʻlovi uy-joy joylashgan tuman (shahar) moliya boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun: 2024-yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 12 foizdan oshgan qismiga toʻlanadi.
Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 2024-yilgi Dasturdan boshlab qatʼiy belgilangan 30 million soʻm miqdorida toʻlanadi.









