U mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi MCHJning mazkur kooperativdagi 1 mlrd 502 mln soʻmlik haqidan 300 mln soʻmini undirib berish evaziga 4 ming AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda u 48 mln soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov olib borilmoqda.