Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Islamov va Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhlar joriy yilning avgust oyiga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida boʻlib, murojaatchilar bilan yana bir bor muloqot oʻtkazishadi. Ikkinchi davrada guruhlar avval qabul oʻtkazmagan viloyatga borishadi va bu bilan guruhlar tomonidan har bir viloyat fuqarolari qamrab olinadi.

Ommaviy qabullar navbati bilan har bir hududda oʻtkaziladi. Bu safargi manzillar – Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Islamov rahbarligidagi ishchi guruhi Xorazm viloyatida, Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhi Qoraqalpogʻiston Respublikasida joriy yilning 19-21-may kunlari ish olib boradi.

Ommaviy qabullar oʻtkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.

Keyingi ommaviy qabullar haqida oldindan maʼlum qilinadi. Qoʻshimcha maʼlumotlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi Xalq qabulxonalariga murojaat qilish mumkin.