баннер
3 Apr 2025
01:05

    Sud maʼlumotlarini himoya qilishga doir qonun loyihasi muhokama qilinmoqda

    Qonun loyihasi qabul qilingach, sud jarayonlari davomida ishtirokchilarning shaxsiy hayotiga oid maʼlumotlar himoyasi mustahkamlanadi.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasida boʻlib oʻtgan OʻzLiDeP fraksiyasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.

    Mazkur hujjatga koʻra, Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeks va Maʼmuriy sud ishlari boʻyicha kodekslarga oʻzgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda.

    Oʻzgarishlarga muvofiq, sud muhokamasi ishtirokchilariga sud maʼlumotlarini oshkor qilmaslik boʻyicha majburiyat yuklanadi va bu talab buzilgan taqdirda jinoiy javobgarlik belgilanishi koʻzda tutilgan.

    Qonun loyihasi qabul qilingach, sud jarayonlari davomida ishtirokchilarning shaxsiy hayotiga oid maʼlumotlar himoyasi mustahkamlanadi, sud ishi jarayonida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi. Shu bilan birga, ushbu oʻzgarishlar mamlakatning xalqaro reytinglardagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech