SHu sababdan, “MAVLONO” xususiy korxonasi Savdo-sanoat palatasidan o'z er maydonini qonuniy tarzda qaytarib olish maqsadida yordam so'rab murojaat etgan.
Savdo-sanoat palatasi mazkur murojaatni o'rganib chiqqan holda holat yuzasidan quyidagilarni aniqladi:
Haqiqatan ham YAngiyo'l tuman hokimining 01.03.2014 yildagi 140-sonli qarori bilan “MAVLONO” xususiy korxonasiga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish uchun jami 48,18 ga er maydoni 49 yil muddatga ijaraga ajratib berilgan;
YUqoridagi holatlarni inobatga olgan holda, Savdo-sanoat palatasi “MAVLONO” xususiy korxonasining manfaatida Ma'muriy ishlar bo'yicha Toshkent viloyati YAngiyo'l shahar sudiga ariza bilan murojaat qilgan.
Joriy yilning 5 iyun` kuni Savdo-sanoat palatasivakili ishtirokida Yangiyo'l shahar sudida o'tkazilgan ochiq sud majlisida hal qiluv qarori e'lon qilinib, Yangiyo'l tuman hokimining 2019 yil 18 yanvardagi 117-sonli qarorining “MAVLONO”xususiy korxonasiga oid qismi haqiqiy emas deb topildi va mazkur xususiy korxonaning buzilgan huquq va manfaatlari ximoya qilindi.