Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan joriy yilning aprel oyida ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro B.U Yakkabogʻ tuman “Tatar” MFY Zarmas va Vori qishloqlari oraligʻidan oʻtgan Qizildaryo daryosining yuqori oqimidan noqonuniy ravishda baliq ovlash taʼqiqlangan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Amudaryo gulbaligʻi baliqlarining 50 donasini ovlagani toʻgʻrisida maqola eʼlon qilingan edi.
2020-yil avgust oyining 3-kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkabogʻ tuman sudining majlislar zalida fuqaro B.U ning noqonuniy baliq ovlaganligi toʻgʻrisidagi ishi koʻrib chiqildi.
Holat atroflicha oʻrganilib boʻlib oʻtgan sud natijasiga koʻra, fuqaro B.U bu huquqbuzarligi uchun hayvonot dunyosiga yetkazgan zarar 223 000 000 (ikki yuzi yigirma uch million soʻm) miqdordagi zarar Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi foydasiga hal boʻldi.
Ona tabiatni asrab avaylash har bir fuqaroning vazifasidir. Tabiat neʼmatlaridan belgilangan tartibda foydalanishni yoʻlga quysak tabiat ham fuqarolar ham zarar koʻrmaydi, shuni unutmang.