“Oʼzagroinspektsiya”ning Urgut tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan monitoring-tahlil davomida fuqaro M.K. tumanning “Mehnatobod” agrofirmasi hududida tuman hokimligi zahira yer maydoni hisobida boʼlgan 0,25 gektar yer maydonini oʼzboshimchalik bilan egallab, davlatga 307 million 122 ming 054 soʼm zarar yetkazganligi aniqlandi.
Ushbu yetkazilgan zararni undirishlik uchun inspektsiyaning Urgut tumani boʼlimi tomonidan fuqarolik ishlari boʼyicha Toyloq tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi. Biroq fuqarolik ishlari boʼyicha Toyloq tumanlararo sudi tomonidan “javobgarning aybdorligi tasdiqlangan hujjatlar taqdim qilinmagan” degan asosga koʼra, 2020 yilning 28 avgust kungi ajrimi bilan daʼvo ariza qaytarilgan edi.
Inspektsiyaning Urgut tumani boʼlimi tomonidan sudning mazkur ajrimi yuzasidan 2020 yilning 15 sentyabrida fuqarolik ishlari boʼyicha Samarqand viloyat sudiga kassatsiya tartibida shikoyat arizasi kiritildi.
Kassatsiya tartibidagi shikoyat arizasi fuqarolik ishlari boʼyicha Samarqand viloyat sudi tomonidan koʼrib chiqilib, FIB Toyloq tumanlararo sudining 2020 yil 28 avgustdagi ajrimi bekor qilinib, daʼvo ariza mazmunan koʼrib chiqishlik uchun birinchi instantsiya sudiga yuborildi.
Natijada FIB Toyloq tumanlararo sudi tomonidan inspektsiyaning Urgut tuman boʼlimi daʼvosi toʼliq qanoatlantirildi. Sudning hal qiluv qarori bilan javobgar M.K.dan 307 million 122 ming 054 soʼm yetkazilgan zararni davlat foydasiga undirishlik hamda 12 million 284 ming 882 soʼm davlat boji toʼlanishi belgilandi.
Zaynobiddin Suvonov,
“Oʼzagroinspektsiya”ning Urgut tuman boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari