Sudyaga 10 ming dollar pora taklif qilgan advokat qoʻlga tushdi

    Ayni paytda advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Qoraqalpogʻistonda Jinoyat ishlari boʻyicha Toʻrtkoʻl tuman sudi ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan ayblanayotgan K.O.ga yengillik qilib berish evaziga advokat Z.Ya. tomonidan sudyaga 10 ming AQSH dollari miqdorida pora taklif qilinganligi holati boʻyicha maʼlumotlar rasmiylashtirildi.

    Bu haqda Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, jinoyat Kengash tomonidan tizimda korrupsiyaning oldini olish va sudyalar daxlsizligini taʼminlash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida fosh qilingan.

    Advokat Z. Ya. joriy yilning 29-fevral kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tadbirda sudyaga pora berayotgan vaqtida qoʻlga olingan.

    Ayni paytda advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.