Sudyalardan ayrimlari vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

    Sudyalar oliy kengashining ochiq tanlov shaklidagi yigʻilishida ayrim sudyalarni muqobillik asosida vakolati muddati davriga qayta tayinlash masalasi koʻrib chiqildi. Qizgʻin va keskin oʻtgan muhokamalar yakunida tegishli qaror qabul qilindi.

    Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

    Xolov Qosim Ismatovich – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Kogon tumani sudining raisi lavozimiga;

    Ahmedov Shuhrat Saidjabbarovich – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Boʻstonliq tumani sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

    Shuningdek:

    Matmusayev Ikrorjon Ibrohimovich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Fargʻona viloyati Fargʻona tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Ahmedjanova Shoyraxon Alijonovna – sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyati maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati Namangan tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Satvaldiyev Ilhomjon Atajanovich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Oltinkoʻl tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Nazirov Sherzod Erkinjanovich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Ulugʻnor tumani sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

    Hasanov Baxtiyorjon Abdumutalibovich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Ulugʻnor tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Asaka tumani sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Quvataliyev Azamat Kimsanboyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Jalaquduq tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Xoʻjaobod tumani sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Abrayev Hasan Choriyevich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Ochilov Jasur Rahmatovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyati Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Ergashev Aziz Erkinovich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Quyichirchiq tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

    Anarov Furqat Shuhratovich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Xanayev Umidjon Umaraliyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tumani sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Abdulxayev Abdulla Abdurahmonovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tumani sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Yarashev Zavqidin Zaynidinovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tumani sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Yangihayot tumani sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Nishonov Sanjar Yuldibayevich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tumani sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Olmaliq shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Karimov Xushnud Rimboyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati Bekobod tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Qurbanov Isomiddin Bahritdinovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Jizzax viloyati Doʻstlik tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

    Raimqulov Nodirjon Nosirovich – sudyalik vakolati muddati davriga Fargʻona viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Uchkoʻprik tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Fargʻona viloyati sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.