Jinoyat huquqi yoʻnalishi boʻyicha: 30 (oʻttiz) ta;
Fuqarolik huquqi yoʻnalishi boʻyicha: 30 (oʻttiz) ta;
Iqtisodiy huquq yoʻnalishi boʻyicha: 20 (yigirma) ta;
Maʼmuriy huquq yoʻnalishi boʻyicha: 16 (oʻn olti) ta.
Shunga qoʻshimcha ravishda, xotin-qizlar uchun har bir yoʻnalish boʻyicha qoʻshimcha 3 tadan (12 ta), shuningdek, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridan hujjat taqdim qilgan talabgorlar uchun har bir yoʻnalish boʻyicha qoʻshimcha 3 tadan (12 ta), jami 24 ta qoʻshimcha kvota belgilandi.
Maʼlumot uchun: 25-may holatiga Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 298 nafar talabgor, shundan 20 nafar xotin-qizlar hujjat topshirgan.