Prezidentimizning “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, erga bo'lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonida erga bo'lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, er ajratish va undan foydalanishda nazoratni kuchaytirishga oid bir qator yangi tartiblar belgilandi. Xususan:

-     erga bo'lgan huquq turlari 6 tadan 3 taga qisqartirildi. Meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqlari bilan er ajratish amaliyoti to'liq tugatildi.

-     hokim qarori asosida erlarni to'g'ridan to'g'ri va tekinga berish amaliyoti butunlay bekor qilindi.

-      O'zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslariga – xususiy mulk qilib sotish, xususiylashtirish mumkin bo'lmagan erlarni hamda xorijiy shaxslarga  ijara huquqini elektron auktsionda sotish belgilandi.

-      ayrim toifadagi shaxslarga (harbiylar, kam ta'minlangan oilalar, turar joyi buzilishga tushganlar) erlarni to'g'ridan to'g'ri va bepul berish o'rniga auktsiondan er sotib olish xarajatlarini qoplab berish tizimini joriy etildi.

-     jismoniy va yuridik shaxslar ixtiyorida bo'lgan erlarni haq evaziga xususiylashtirishga ruxsat berildi. 

-     eng yaxshi taklifni tanlash (“swiss challenge”) orqali kamida 10 mln. AQSH dollari miqdoridagi yirik investitsiya loyihasi tashabbuskoriga Hukumat qarori bilan ijaraga er berish (bunda investor loyiha summasining kamida 10 foizini oldindan depozitga qo'yishi lozimligi) tartibi o'rnatildi.

Shuningdek, qishloq xo'jaligi erlarini ajratishda yangi tartib joriy etildi. Bunda erni barcha fuqaro va tashkilotlarga ochiq tanlov asosida berish, tanlovsiz er berish faqat Hukumat qarori asosida amalga oshiriladi.

Farmon asosida er ajratish va undan foydalanishda nazorat kuchaytirildi. Xususan, tuman hokimlarining er ajratish bo'yicha vakolatini to'liq bekor qilindi, qishloq xo'jaligi eri ijarasi bo'yicha ochiq tanlov yakunini viloyat hokimi qarori bilan tasdiqlanadi va ijara shartnomasini elektron shaklda tuziladi, erning joylashuv xaritasini “Innola” va “ArsGIS” dasturlarida shakllantiriladi, erga bo'lgan huquqni avtomatik tarzda kadastr ro'yxatidan o'tkaziladi.

Bundan tashqari viloyat hokimining er bo'yicha qarorlarini adliya boshqarmasida huquqiy ekspertizadan o'tkazadi va hokimning ayni bir qarori bilan yoki bir vaqtning o'zida er uchastkasini olib qo'yish va boshqa shaxsga ajratishni taqiqlanadi.

Farmonga ko'ra, er sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik ham keskin kuchaytirildi.