Tadbirda ishtirok etgan Sugʼurta bozorini rivojlantirish agentligi direktori oʼrinbosari Botir Usmonaliyev uchrashuv davomida murojaatchilardan kelib tushgan savollardan kelib chiqib sugʼurta tashkilotlarining tadbirkorlar, qolaversa, aholi bilan olib borayotgan ishlarida kamchiliklarning yetarli ekaniga guvoh boʼlganini yozmoqda.
"Buning zamirida, sugʼurta tashkilotlari tomonidan ishlarni mijozlarga nisbatan xizmat notoʼgʼri tashkil etilgani hamda joylarda sugʼurta sohasida malakali mutaxassislarning yetarli emasligi yaqqol namoyon boʼldi", deydi u.
Taʼkidlanishicha, jarayonda sugʼurtalash shartlarini mijozlarga oddiy va sodda tilda toʼliq tushuntirish, shu bilan birga sugʼurta hodisalarini koʼrib chiqishda mijozlarni ovora qilmaslik boʼyicha tavsiyalar berilgan.