Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 8 ta sugʻurta tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalarini qoʻlladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, sanksiyalar “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan sugʻurta bozorini nazorat qilish boʻyicha vazifa va funksiyalarini amalga oshirish doirasida qoʻllanilgan.
Jumladan, sugʻurta tashkilotlarining moliyaviy koʻrsatkichlarini oʻrganish natijalariga koʻra qonunchilik hujjatlarida belgilangan meʼyorlarga rioya qilmaslik faktlari aniqlanib, buning natijasida 254,5 million soʻm miqdorida jarima solindi.
Jarima sanksiyalari "EUROASIA INSURANCE” AJ QKga 22,5 mln soʻm, “EUROASIA LIFE INSURANCE” AJga 17,5 mln soʻm, “DD GENERAL INSURANCE” AJga 34,0 mln soʻm, “SHARQ-SUGʻURTA” AJga 22,5 mln soʻm, “ALSKOM SUGʻURTA KOMPANIYASI” AJga 35,0 mln soʻm, “UNIPOLIS” AJga 24,0 mln soʻm, “KAPITAL SUGʻURTA” AJga 22,5 mln soʻm va “OMAD SUGʻURTA” AJ 76,5 mln soʻm qoʻllanildi.