“SEMURG SUG‘URTA” АJ QKning 2022-yil 25-fevraldagi SF 00039-sonli, “ISHONCH SUG‘URTA KOMPANIYASI” АJ QKning 2022-yil 25-fevraldagi SF 00045-sonli, “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” АJning 2017-yil 11-dekabrdagi SF 00222-sonli hamda “XALQ SUG‘URTA” АJning 2022-yil 25-fevraldagi SF 00054-sonli litsenziyalarining amal qilish muddati 2022-yil 03-iyun sanasidan boshlab oʼn kun muddatga toʼxtatildi.
Moliya vazirligi huzuridagi Sugʼurta bozorini rivojlantirish agentligi axborot xizmati xabariga koʼra, bu davr mobaynida sugʼurtalovchiga yangi sugʼurta (qayta sugʼurta) shartnomalarini tuzish, shu jumladan amaldagi sugʼurta (qayta sugʼurta) shartnomalarini uzaytirish taqiqlanadi. Ilgari tuzilgan sugʼurta (qayta sugʼurta) shartnomalari boʼyicha esa oʼz zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishi shart.
Sugʼurta tashkilotlari tomonidan ular faoliyatidagi qonunchilik talablarining buzilishi holatlari bartaraf etilganligini asoslovchi hujjatlar ushbu muddat ichida Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʼurta bozorini rivojlantirish agentligiga taqdim etilishi lozim.
Аks holda, ushbu sugʼurta tashkilotlariga nisbatan sugʼurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalarining amal qilishini qonunchilikda belgilangan tartibda oʼn kundan ortiq, lekin olti oydan koʼp boʼlmagan muddatga toʼxtatish choralari koʼriladi.